APL. "Chelsi" safarda yirik g'alabaga erishdi va qolgan natijalar

Narzulla Saydullayev
11 avg 2018, 21:01
Angliya premer ligasida 1-turdan o'rin olgan 4ta o'yin bo'lib o'tdi.

Mauricio Sarri boshchiligidagi "Chelsi" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi. Uchrashuvdagi hisobni jahon chempioni Ngolo Kante ochdi. Kamdan kam gol uradigan yarim himoyachi Villianing uzatmasidan keyin chiroyli gol urdi.

Birinchi taym oxirida belgilangan penaltini jamoaning yangi futbolchisi Jorjino xuddi Eden Azar kabi sovuqqonlik bilan aniq amalga oshirdi.

Uchrashuvga nuqta qo'yish yaqinda "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirgan Pedroga nasib etdi. U Azarning to'p uzatishidan keyin darvozabonning ustidan to'pni tashlab qo'ydi - 0:3.

Qolgan uchta o'yinda ham bir xil hisob kuzatildi. "Bornmut" o'z uyida ligaga qaytgan "Kardiff"ni mag'lub etdi - 2:0. Ko'plab transferlar amalga oshirgan "Fulxem" esa o'z maydonida "Kristal Pelas"ga yutqazib qo'ydi 0:2.

"Uotford" esa Pereyraning dubli evaziga "Brayton"dan ustun keldi - 2:0.



 
Angliya chempionati

1-tur
 
Xaddersfild – Chelsi 0:3
Gollar:
0:1 – 34 Kante, 0:2 – 45, penalti Jorjino, 0:3 – 80 Pedro.
Xaddersfild – Xeymer, Shindler, Kongolo, Leve (Diakabi, 71), Yorgensen, Pritchard (Depuatr, 46), Muy, Xogg, Billing, Xaderdjonay, Mune.
Chelsi –    Arrisabalaga, David Luiz, Alonso, Aspilikueta, Ryudiger, Jorjino, Kante, Villian (Azar, 76), Barkli (Loftus-Chik, 68), Pedro (Mozes, 81), Morata.
Ogohlantirishlar: Shindler (44), David Luiz (69).

 

Bornmut – Kardiff 2:0
Gollar: 
1:0 – 24 Freyzer. 2:0 – 90 Freyzer.
Bornmut – Begovich, Kuk, Deniels, Smit, Ake, Serman, Gosling, Freyzer, Bruks (Frensis, 67), King, Uilson.
Kardiff –    Eteridj, Morrison, Bamba, Bennett, Manga, Rid, Paterson (Uord, 62), Mendes-Leyng (Merfi, 63), Rolls, Xoylett, Pelter.
Ogohlantirishlar: Pelter (3), Deniels (43).
 


Fulxem – Kristal Pelas 0:2
Gollar:
0:1 – 41 Shlupp, 0:2 – 79 Zaa.
Fulxem – Fabri, Chembers, Brayen (Vetto, 71), Kristi, Le Marshan, Seri (Yuxansen, 82), Makdonald, Shyurrle (Kamara, 61), Kerni, Sessenon, Mitrovich.
Kristal Pelas –    Xennessi, Tomkins, van Anxolt, Uan-Bissaka, Sako, Taunsend, Shlupp, Makartur, Milivoevich, Zaa, Benteke (Serlot, 83).
Ogohlantirishlar: Makdonald (34), Zaa (40), Shlupp (74).

 

Uotford – Brayton 2:0
Gollar:
1:0 – 35 Pereyra, 2:0 – 54 Pereyra.
Uotford – Foster, Kabasele, Xolebas, Yanmat, Ketkart, Xyuz (Sema, 81), Dukure, Kapu, Pereyra, Dini, Grey (Saksess, 74).
Brayton –    Rayan, Dank, Bernardo, Saltor (Bong, 26), Daffi, Propper, Stivens, Gross (Bissuma, 60), Knokert, March (Djaxanbaxsh, 71), Myurrey.
Ogohlantirishlar: Stivens (18), Kapu (64), Xolebas (73), Bernardo (81).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia