Arsenal mehmonda yirik hisobda g'alaba qozonib, turnir jadvalining birinchi pog'onasiga qaytdi

Sherzod Nurmatov
20 avg 2022, 23:23
Angliya chempionati 3-turidan o'rin olgan "Bornmut" – "Arsenal" uchrashuvi yakunlandi.

Bornmut – Arsenal 0:3
Gol: 5 - Edegor, 12 - Edegor (Gabriel Jezus), 54 - Saliba (Jaka)

21.30, Din Kort

Bornmut – Trevers, Smit, Senesi, Kelli, Mifem, Zemura, Lerma, Pirson, Billing, Taverne, Mur.

Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko, Jaka, Parti, Edegor, Saka, Gabriel Jezus, Martinelli.
Ogohlantirish: 27 - Zemura


YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI. Arsenal mehmonda yirik hisobda g'alaba qozonib , turnir jadvalining birinchi pog'onasiga qaytdi

Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

88. O'zgarish: Alber-Mboyo Lokonga va Tirnir maydonga tushmoqda. Ular Saka va Jakani alishtirishdi

So'nggi daqiqalarda mezbonlar yaxshi hujumlar tashkil qilishmoqda

86. ZARBAAA. Tavernening ajoyib zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

79. ZARBAAAA. Murning zarbasini Remsdeyl ajoyib tarzda bartaraf etmoqda

78. ZARBAA. Tavernening zarbasiga aniqlik yetishmadi

74. O'zgarish: Eddi Nketia, Takexiro Tomiyasu va Emil Smit Rou maydonga tushdi. Ular Gabriel Martinelli, Martin Edegor va Ben Uaytni alishtirishdi

72. GOOOOOOOOL. Gabriel Jezus hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirmoqda, biroq hakam o'yindan tashqari holat ekanligini ko'rsatmoqda

71. ZARBA. Yana Martinelli, biroq yana noaniq

65. O'zgarish: Mezbonlarda majburiy futbolchi alishmoqda. Filipp Billingning o'rniga Rayan Kristi maydonga tushdi

64. Martinellining uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

60. Ogohlantirish: Adam Smit ogohlantirildi

58. ZARBA. Martinellining zarbasiga aniqlik yetishmadi

56. ZARBAA. Murning boshi bilan yo'llangan zarbasi darvozadan joy olishga sal qoldi

Jaka Salibaga ajoyib tarzda to'pni uzatdi. Fransiyalik himoyachi esa to'pni to'qqizlikka joylab qo'ydi

54. GOOOOOOOOOOOOL. SALIBADAN SUPERGOOOOOOOOL!

52. Ogohlantirish: Jesus hakam tomonidan ogohlantirildi

51. ZARBA.: Lermaning zarbasi noaniq ketmoqda

49. Ikkinchi bo'limda mezbonlar biroz tezlashishdi

46. O'zgarish: Lyuis Kuk va Jaydon Entoni maydonga tushdi, ular Ben Pearson va Markos Senesini alishtirishdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berdi

39. Arsenal navbaatdagi burchak zarbasini amalga oshirdi. Bu safar himoyachilar yaxshi o'ynashdi

27. Ogohlantirish: Zemura Sakani ortidan tortib qoldi va ogohlantirildi

22. Sakaning zarbasini himoyachilar bartaraf etmoqda. Bugun Din Kort arenasida faqatgina bittagina jamoa borga o'xshaydi. Hozircha Bornmutning bor yo'qligi maydonda bilmayapti

18. Uchrashuvda biroz sokinlashdi.

13. Sakaning zarbasi himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi

11. GOOOOOOOOOOL. Edegor hisobni ikkitaga oshirmoqda. Jesusdan pas

Gabriel Jezus bir nechta raqibdan o'tdi va to'pni Martinelliga uzatdi. Martinellining zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni esa mehmonlar sardori darvozaga joylab qo'ydi

5. GOOOOOOOOOOOL. Edegor hisobni ochdi.

Bugungi uchrashuv Saka uchun APLdagi 100 bahsi bo'lmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI !

Uchrashuvni ushbu telegram kanali orqali ham kuzatishingiz mumkin:  >>>>>>>> uzbek_talent

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia