APL. Bo'lajak bahslar bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Eldor Akmurzayev
11 iyun 2020, 20:50
Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Angliya Premer Ligasining kelayotgan tur bellashuvlari koronavirus tufayli vafot etgan, kasallik bilan kurashayotgan insonlar hamda britaniyalik tibbiyot xodimlari sharafiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanadi.

Avvalroq, APL 17 iyunda restart olishi e'lon qilingandi. Shu kuni “Aston Villa” – “Sheffild YU” hamda “Manchester Siti” – “Arsenal” bahslari bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports