Anji yulduzlari transferga qo'yiladi

Narzulla Saydullayev
7 avg 2013, 04:40
Anji – Rostov (0:1) uchrashuvidan so'ng Suleyman Kerimov sog'lig'idagi muammolar tufayli klub rivojlanish yo'lini o'zgartirishga qaror qildi.
Endi Anji yulduzlarga emas mahalliy futbolchilarga e'tibor qaratadi. Kerimov klubning barcha yetakchi futbolchilarini yig'ib ularga albatta boshqa klub topishini va hozirgi maoshlariga teng miqdorda maosh olishlarini aytdi.

Kerimov Anjini tark etishi borasida gap yo'q.

Sports.ru ning xabariga ko'ra, Gadji Gadjiev Kerimovning klub bosh murabbiyi bo'lish taklifiga rozilik bergan.

Oldinroq klub bir qator yulduzlarni sotib klubning rivojlanish yo'lini keskin o'zgartirmoqchi ekani haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru