Anji rasmiy bayonot berdi

Narzulla Saydullayev
7 avg 2013
Kecha Rossiya matbuotida Anji klubida katta o'zgarishlar bo'lishi borasida xabarlar chiqqandi. Klub bu borada rasmiy bayonot berdi.
O'tgan davr ichidagi sport yutuqlarini tahlil qilib chiqib Anji klubi rahbariyati klubning rivojlanish yo'nalishini o'zgartirishga qaror qildi. Yangi yo'nalishda klub barcha sohalarda rivojlanish uchun harakat qiladi.

Byudjetdagi o'zgarishlar UEFA ning talabi va moliyaviy Fair Play ga amal qilish tufayli amalga oshirildi.

Turli OAVda yozilganidek bir guruh futbolchilar sotib yuborilmaydi. Klub futbolchilar bilan tuzgan shartnomani xurmat qiladi. Endi klub uzoq yillik hamkorlik qilish uchun yosh futbolchilarga e'tibor qaratadi.

Qimmat futbolchilarni sotib olib tezkor ravishda sovrinlarni yutish maqsadi amalga oshmaganini tan olamiz. Buni yangi mavsumning dastlabki turlari ham ko'rsatib berdi. Tarkibda bir qator o'zgarishlar bo'lishini rad qilmaymiz.

Anji klubi tomonidan tuzilgan akademiyaga e'tibor kuchaytiriladi. Umid qilamizki yaqin orada o'zimizning maktabdan chiqqan yoshlar asosiy tarkibda o'ynay boshlashadi. Muxlislarimiz ushbu qarorni to'g'ri tushunishadi va sevimli klubini qo'llab-quvvatlashda davom etishadi. Saytimiz orqali tarkibdagi o'zgarishlarni e'lon qilib boramiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-anji.ru