Anxel Ranxel: "Valensiya" - guruh favoriti"

Tolibjon Qosimov
18 sen 2013, 18:40
"Suonsi" himoyachisi Anxel Ranxel Yevropa Ligasidagi guruhda "Valensiya" yaqqol favorit ekanini tan oldi.

Birinchi turda "Suonsi" aynan "Valensiya" bilan to'qnashadi.

"Biz qiyin o'yin bilan turnirni boshlaymiz. Intizorlik bilan buni kutyapmiz. "Valensiya" guruh favoriti. Biroq biz o'z o'yinimizni namoyiz qila olsak, g'alaba uchun imkoniyatni saqlab qolamiz. Ispaniya chempionatidagi ohirgi o'yinda "Valensiya" "Betis"ga mag'lub bo'ldi. Biz esa "Liverpul" bilan yaxshi o'ynadik", dedi Ranxel.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru