

O'yin haqida
- Bugun stadionda juda yoqimli atmosfera bo'ldi. Namanganga birinchi bor kelshim edi, ajoyib muhit va faol muxlislik uchun muxlislardan minnatdorman.
O'yinga tanlagan uslubimizdan kelib chiqib hujum qilishda davom etdik. Hisob 0:0, 1:0, xatto 2:0 vaqtida ham hujumkorlikni to'xtatmadik. Bugun mezbonlar safida kuchli ijrochilar bor edi, ular mahorat evaziga darvozamizni ishg'ol etishdi. Ammo, bugun jamoam ko'rsatgan o'yindan mamnunman. Bugun yigitlar oxirigacha kurashishdi va bu borada o'z xarakterlarini ko'rsatib bera olishdi. Zo'r o'yin bo'ldi, biroq eng achinarlisi biz hech qanday ochko qo'lga kirita olmadik.
- Jamoa ko'rsatgan o'yinni kuzatib bordik, yomon emas. Biroq vaziyatlarni yakunlashda to'purar hujumchi yetishmayotgandek. Buni qanday izoxlaysiz?
- Men bunday demagan bo'lardim. Chunki bugun biz 4-4-2 taktik sxema asosida harakatlandik. Yuqorida aytdim, bugun "Navbahor" safida kuchli futbolchilar harakat qilishdi. Shundan kelib hujumlar tashkil etishda qiyinchiliklarga duch keldik. Shu bois ham o'yin fonida bizga hujumchi yetishmayotgandek ko'ringan bo'lishi mumkin.
- Shuningdek, bugun jamoangizda yetakchi futbolchi yo'qligi ko'zga tashlandi...
- Yo'q, bu fikringizga qo'shilmayman. Kuzatgan bo'lsangiz, bugun Bobur Akbarov juda yaxshi harakat qildi, ko'plab yakkakurashlarda g'olib chiqdi. Bizda yetakchi futbolchilar borasida muammo yo'q.
- Yevropalik mutaxassis sifatida "Navbahor"ning chempionlik uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- "Navbahor" juda kuchli jamoa. Tarkibida bir qator mahoratli futbolchilar jam bo'lgan. Ko'rgan bo'lsangiz, bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, ammo foydalana olmadik. Lekin mezbonlar kichik imkoniyatlarni ham golga aylantira olishdi. Ayniqsa, 10-raqamli futbolchi menda juda yaxshi taasurot qoldirdi. Shunday davom etsa, albatta chempion bo'lishi ham mumkin.
- Surxandaryodan ko'plab nomdor futbolchilar yetishib chiqqan, masalan Eldor Shomurodov. Siz jamoa hozirgi kunda yoshlarga qanday e'tibor qaratayapsiz va qaysi nomlarni keltira olasiz?
- Surxandaryo futbolida bir qator mahoratli yoshlar bor. Yaqinda Termizga borib futbol maktabi bilan yaqindan tanishdim. Yosh futbolchilar orasida iqtidorli futbolchilar ko'p. Shuningdek, "Surxon"ning o'zida ham bir qator kelajagi porloq yosh futbolchilar yetishib chiqayapti. Jumladan Davron Merganov, Behruz Shaydulov va Nuriddin Hasanovlarni alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardim.



