Anxel Lopes: "Aktamov murabbiylar ishiga aralashmaydi"

Narzulla Saydullayev
31 avg 2022, 11:32
Superliganing 17-turidan o'rin olgan AGMK - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun juda yaxshi o'yin namoyish etdik. O'tgan o'yinlar bilan solishtirganda yaxshi o'ynadik. Ammo unutmaslik kerakki bugun biz mamlakatning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lgan AGMKga qarshi o'ynadik. Biz harakat qildik, hujumkor o'yin ko'rsatdik, tashabbusga ega bo'ldik. Bazi vaziyatlarda raqibdan yaxshiroq o'ynadik. Gol o'tkazishimizdan oldin Ruben Sanchesda juda qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, agar u hisobni ochganida o'yin boshqacha bo'lardi. Endi navbatdagi bahsga turga tayyorgarlik ko'ramiz", - dedi Anxel Lopes.

- Jamoaga yangi bosh menejer Hamidjon Aktamov tayinlandi. Taniqli jurnalist Fahriddin Ro'ziev bu hal qiluvchi rol o'ynashini aytdi. Bunga munosabatingiz.

- U futbolchilar bilan gaplashmaydi, murabbiylarning ishiga aralashmaydi. Hamidjon Aktamov bosh menejer sifatida klubni boshqaradi.

- Bugungi o'yinda "Surxon" mag'lub bo'lsa Anxel Lopes iste'foga chiqarilishi haqida xabarlar chiqdi. Bu rostmi?

- Yo'q bunday gaplar bo'lmadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia