Anvar Soliev: "Navbahor" ketma-ket uchrashuvlarda gol o'tkazmayapti"

Narzulla Saydullayev
15 apr 2017, 20:00
"Metallurg" - "Navbahor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar sport direktori Anvar Soliev o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz Bekobodga g'alaba uchun kelgandik. Quvontirayotgani ketma-ket to'rtinchi uchrashuvda ham gol o'tkazmadik. Shamolning hisobiga biroz o'yinimiz o'xshamadi. Ikkinchi bo'limda jamoamiz shamol yo'nalishida o'ynadi, ammo negadir himoyaga o'tib oldik. Raqibda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Himoyachilarimiz vazifalarini bajarishdi", - deydi Soliev.

"Metallurg" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia