Antuan Grizmann uchun kutilmagan davogar paydo bo'ldi

Alisher
2 iyul 2020
Londonning "Arsenal" klubi "Barselona" forvardi Antuan Grizmann uchun kurashishga tayyor.

Oldinroq, "Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu Grizmanning "Kamp Nou"dagi debyut mavsumidan ko'ngli qolgani ma'lum bo'lgan edi.

"Ko'k-anorranglilar"ning fransiyalik futbolchini sotishga tayyorligi istisno etilmayapti.

Eslatib o'tamiz, Grizmannga "Inter" ham befarq emas. Antuan Lautaro Martinesning "Barselona"ga bo'ladigan bitimiga qo'shilishi mumkin.


AlisherMuallif
Manba: express.co.uk