Antuan Grizmann: "Barselona" – o'ynash uchun oson makon emas"

17 noya 2019, 20:30
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann yangi klubiga moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklar haqida aytib o'tdi.

"Barselona" – o'ynash uchun oson makon emas. Bu yangi klub va umuman boshqacha. Bu yerda yangi taktika. Ishlash kerak va shu yerda ekanimdan faxrlanaman. 

Ular menga ishonishmoqda. Jamoa ishonchini oshirishim lozim va keyin o'shanda tayyor bo'laman. Men jamoaviy o'yinchiman, jamoadoshlarimning harakatlariga moslashishga va foydali bo'lishga harakat qilyapman. Gol urishni uddalasam, ajoyib bo'ladi, lekin bu mening asosiy maqsadim emas. Biz 3 ochko qo'lga kiritsak, shunda qoniqish hosil qilaman", – deydi Grizmann.

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com