
Uning so'zlariga ko'ra, bu o'yinda “Yuventus”ga raqibiga nisbatan omad ko'proq kulib boqqan.
-“Kevo” boshqa klublarga o'rnak bo'la oladi. Raqibimiz o'yinni ajoyib o'tkazdi. Biroq “Yuventus”ga omad ko'proq kulib boqdi xolos. Xatolarimiz o'yinda g'alaba qozonishimizga to'sqinlik qilmaganidan xursandman. Uch ochko bizga suv va havodek zarur edi, - Kontening so'zlarini keltiradi Football Italia.