Antonio Konte: Inter skudetto uchun kurasha oladi

Narzulla Saydullayev
15 sen 2013, 11:11
Yuventus bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya A seriyasining 3-turidan o'rin olgan Interga qarshi o'yindan (1:1) so'ng quyidagilarni aytib o'tdi.
Bugun Inter skudetto uchun kurasha olishini isbotlay oldi. Ammo bizni mag'lub etish qiyin.

Kuchli raqibga qarshi shogirdlarimning harakatlarini kuzatdim. Inter evrokuboklarda ishtirok etmaydi, shu sababli unda Italiya chempioni bo'lish uchun imkoniyatlari ko'proq.

Shogirdlarimning natija uchun o'ynashgani juda yoqdi, biz gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng hatto g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, – deydi Konte.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru