Antonio Konte: APL chempionligi uchun olti klub kurashmoqda

Narzulla Saydullayev
13 fev 2017
Chelsi ustozi Antonio Konte Bernliga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Mavsum tugashiga 13ta o'yin bor, kurash tugadi deganlar yanglishadi. Chempionlik uchun bir yo'la olti klub kurashmoqda. Biz g'alaba qozonishda davom etishimiz kerak.

Har bir o'yinda yutishni istaymiz, ammo bahslar og'ir o'tmoqda. Ochko yo'qotganimizdan xafaman, ammo futbolchilarimga etirozim yo'q, – deydi Konte.

Chelsi 25ta turdan so'ng 60 ochko bilan APLda peshqadam bo'lib turibdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: chelseafc.com