Antoni Marsyal Mourinyoning tanqidlaridan norozi

Aziz Tukhtamuradov
29 apr 2017, 15:12
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Antoni Marsyal jamoadan ketish niyatida.

Futbolchi o'z agentiga boshqa klub izlashi haqida topshiriq bergan. Antoni jamoadan ketishiga klubda o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani va Joze Mourinyoning ishonchiga kira olmayotgani sabab bo'lgan. Portugaliyalik murabbiyning ommaviy tanqidi so'nggi tomchi bo'lib xizmat qildi. O'tgan mavsum Marsyal "qizil iblislar" to'purari bo'lgan. Ibragimovich va Mxitaryan "Manchester Yunayted" safiga kelib qo'shilganidan so'ng Marsyal asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi. 


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: footballhd.ru