

"Park de Prens"dagi hushtakbozlikdan odam xijolat bo'ldi. Mavsumda 13 ta gol urib, 13 ta assist qayd etgan jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biriga nisbatan bunday munosabat yaramaydi.
Shaxsan men Leo faoliyatini Yevropada, "Barselona"da yakunlashini istayman. U qanday qarorga kelishini bilmayman.
Menga u shuncha yildan keyin "Barsa"dan qanday ketgani yoqmagandi… Futbolga bo'lgan hurmat yuzasidan u "Barselona"ga qaytishi kerak", – dedi Fransiya termasi sobiq hujumchisi.



