Anri Fabregas o'ynaydigan klubning akciyadoriga aylandi

Eldor Akmurzayev
30 avg 2022, 09:45
Fransiya TJ sobiq a'zosi Terri Anri Italiya B Seriyasi ishtirokchisi “Komo” akciyalarini qo'lga kiritdi.

“Komo” kabi loyihani anchadan beri kutayotgandim. Maqsadlarga ega klub, ammo eng muhimi qadriyatlarimiz bir-birimizga mos keladi. Klub rivojlanishi kerak. Jamoadagilar bilan suhbatlashdim va ular menga mavjud tashabbuslar hamda jamoaning yuksalishini taminlash uchun qilinayotgan ishlar haqida aytishdi. Shunda bu men uchun ajoyib imkoniyat ekanligini angladim”, deydi Anri.

Avvalroq, “Komo” Sesk Fabregasni o'z safiga qo'shib olgandi. OAV xabariga ko'ra, Fabregas ham klub akciyadorlari qatoriga kirgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail