Angliyaning 3 nafar o'yinchisi Chernogoriyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
Tolibjon Qosimov
25 mar 2019, 17:31
Angliya terma jamoasining biryo'la 3 nafar yarim himoyachisi Evro-2020 saralashi doirasida Chernogoriyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin.
Bular: Jeydon Sancho, Dele Alli va Jordan Xenderson.
"Sky Sports"ning xabar berishicha, yuqoridagi o'yinchilar Chexiyaga qarshi bellashuv (5:0)da jarohat olishgan va bugungi uchrashuvni o'tkazib yuborishlari mumkin.