Angliya termasi bir o'yinni muxlislarsiz o'tkazadi

Mirjalol Normatov
18 okt 2021, 23:48
Angliya termasi bir uy o'yinini muxlislarsiz o'tkazadigan bo'ldi.

Unga ko'ra, terma Evro-2020 finalida bo'lgan tartibsizlik sababli jazolangan. O'shanda chiptasiz muxlislar stadionga kirib olib, tartib posbonlari bilan mushtlashuvga borgan.

Undan tashqari, Angliya futbol assotsiatsiyasi 100 ming evro jarimaga tortilgan. 

Angliyaning navbatdagi uy o'yini 12 noyabr kuni Albaniyaga qarshi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com