Angliya terma jamoasi himoyachisi jarohat oldi va "Manchester Siti" ixtiyoriga qaytdi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2025, 17:39
Jon Stounz Andorra va Serbiyaga qarshi o'yinlarda terma jamoasiga yordam berolmaydi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel ma'lum qildi. Futbolchi terma jamoa yig'inida jarohat olgandi.

Stounz allaqachon "sherlar" lagerini tark etib, klubga yo'l olgan.

"Siti" terma jamoa shifokorlari bilan bog'lanib, bu haqda rasmiy bayonot berdi. Klubning xabariga ko'ra, bu Stounz uchun jiddiy jarohatdan ko'ra ko'proq profilaktik choradir.

Angliya terma jamoasi 6 sentyabr kuni Andorrani qabul qilsa, 9-kuni safarda serbiyaliklar bilan uchrashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com