Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga 3 nafar nomzod e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
13 dek 2022, 12:09
Ammo Garet Sautgeyt hali hech qaerga ketgani yo'q.

Angliya futbol associaciyasi argentinalik Maurisio Pochettino, germaniyalik Tomas Tuxel va shimoliy irlandiyalik Brendan Rojers nomzodlarini ko'rib chiqishga tayyor, deb xabar bermoqda "The Guardian". Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimi esa hali bo'sh emas.

Biroq Garet Sautgeytning iste'fosi ehtimoli bor. JCH-2022 chorak finalida to'xtash Angliya uchun orqaga qadam sifatida baholanishi mumkin. Negaki, Sautgeyt bungacha "uch sherlar”ni Evro-2020 finali va JCH-2018 yarim finaliga olib chiqqandi. Bu yil esa angliyaliklar nafaqat katta turnirda kuchli to'rtlikka kira olishmadi, balki Millatlar Ligasida ikkinchi divizionga tushib ketishdi.

Eslatib o'tamiz, Angliya termasiga avvalroq ikki nafar xorijlik – shvetsiyalik Sven-Yoran Eriksson va italiyalik Fabio Kapello murabbiylik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian