

Ushbu o'yinda "Lester" "Manchester Siti" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonib Angliya Superkubogi g'olibiga aylandi. Yagona gol Kelechi Ixeanacho tomonidan kiritildi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan "Siti"ning yangi futbolchisi Jek Grilishning debyuti jamoaga unchalik ham omadli kelmadi.
Lester – Manchester Siti 1:0
Gol: 88' penalti, Kelechi IxeanachoUembli
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Seyundjyu, Amarti, Bertran, Tilemans, Ndidi, Barns, Meddison, Peres, Vardi.
Manchester Siti – Steffen, Ake, Joau Kanselu, Ruben Diash, Mendi, Gyundogan, Fernandino, Ferran Torres, Palmer, Marez, Edozi.









