Angliya liga kubogining yarim finaliga qur'a tashlandi

Mirjalol Normatov
23 dek 2021, 03:33
Yaqindagina Angliya liga kubogining chorak final o'yinlari bo'lib o'tdi.

Kecha "Arsenal" o'z maydonida yirik g'alabaga erishib, dastlabki yarim finalchiga aylangan bo'lsa, bugungi o'yinlardan keyin "Chelsi", "Tottenxem" hamda "Liverpul" bosh sovrin uchun kurashni davom ettirishi ma'lum bo'ldi.

Chorak final o'yinlari yakunlangani zaxoti yarim finalga qur'a tashlandi. Unga ko'ra, juftliklar shunday ko'rinish oldi:

"Arsenal" - "Liverpul"

"Chelsi" - "Tottenxem"

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia