

Bir kun avval esa yarim finalning ilk to'qnashuvida “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Manchester Siti”ga 1:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. Shu tariqa Liga kubogi doirasida yarim finalning ilk o'yinlarida 13 yil deganda ilk bor mezbonlar g'alaba qozona olmadi. Bunday holat 2006/07 yilgi mavsumda kuzatilgandi. O'shanda “Tottenxem” o'z uyida “Arsenal” bilan 2:2 hisobida durang qayd egan, “Uikom” esa “Chelsi” bilan 1:1 hisobidagi durangga erishgandi.
Javob o'yinida “shporlar” “to'pchilar”ga 1:3, “Uikom” esa “ko'klar”ga 0:4 hisobida engilgan.



