Angliya Kubogi yarim finalining taqvimi tasdiqlandi. "Manchester Siti" uchrashuvi qaysi vaqtda boshlanadi?

Sherzod Nurmatov
4 apr 2025, 19:51
Angliya Kubogi yarim final uchrashuvlarining boshlanish vaqti ma'lum qilindi.

26 aprel kuni "Kristal Pelas" va "Aston Villa" (Toshkent vaqti bilan 21:15), ertasi kuni "Nottingem Forest" va "Manchester Siti" (Toshkent vaqti bilan 20:30) o'ynaydi. Har ikki o'yin Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.

Yarim final g'olibi 1 mln funt sterling, mag'lub bo'lgan esa 500 ming funt sterling mukofot puliga ega bo'ladi.

Turnir finali 17 may kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: thefa.com