Angliya – Daniya. Uoker va Eriksen o'yinni o'tkazib yuboradi

Tolibjon Qosimov
3 mar 2014, 13:09
"Tottenxem" futbolchilari Kayl Uoker va Kristian Eriksen Angliya – Daniya uchrashuvida maydonga tusha olishmaydi.
Bu haqda "shporlar" ustozi Tim Shervud aytib o'tdi.

"Kayl "Kardiff"ga qarshi o'yinga tayyor emas edi. Chorshanba kuni terma jamoaga ham yordam bera olmaydi. Shu hafta so'nggida uning safga qaytishiga umid qilaman.

Eriksen ham belidagi muammo tufayli Daniya terma jamoasi safida maydonga tusha olmaydi", – deydi Shervud.

Bu o'yin 5 mart kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru