Angliya chempionatining "Nyuport" - "Portsmut" uchrashuvida muxlis hakamlik qildi

Aslanov Jasurbek
19 okt 2015, 14:47
Angliyaning to'rtinchi darajali divizionidan o'rin olgan "Nyuport" - "Portsmut" o'rtasidagi uchrashuvda muxlis hakamlik vazifasini bajardi.

Ma'lumotlarga ko'ra, birinchi bo'limning oxirida to'rtinchi hakam jarohat oldi va uning o'rniga referi yo'q ekan. Stadionga hakamlik tajribasiga ega odam kerakligi haqida e'lon berildi. Bu vazifani "Portsmut"ning 28 yoshli muxlisi Mayk Xyordl o'z bo'yniga oldi.

"Futbol ko'rgani kelgan edim, natijada o'zim uning bir qismiga aylandim. Meni hakamlar xonasiga olib borishdi. U yerda paltoni echdim va "Portsmut" futbolkasida qoldim. Menga bunday ko'rinishda ishlash mumkin emasligini aytishib, hakamlik kurtkasini berishdi, ammo jinsi va krossovkalarim o'zimda qoldi. O'yindan so'ng "Nyuport" murabbiyi qo'limni siqib qo'yib, ikkinchi bo'lim yaxshi o'tganini aytdi. Uch daqiqa qo'shilganda "Portsmut" hakam menga shunday dedi: "Buncha vaqtni qayerdan olding?" Men unga 6ta o'zgarish bo'lganini va har biri uchun 30 soniyadan qo'shish kerakligini tushuntirdim. Bu haqda qiz o'rtog'imga aytdim, ammo u hozirgacha ishongani yo'q" - deydi Xyordl.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: portsmouth.co.uk