Angliya Belgiyaga qarshi bahsda familiyalar yozilmagan formada o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2024, 23:59
Angliya terma jamoasi odamlar e'tiborini ruhiy tanazzul muammosiga qaratmoqchi.
Jamoa Belgiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini odatiy liboslarda boshlaydi, ikkinchi bo'limda esa familiyalar yozilmagan formada o'tkazadi. Bu Angliya futbol assotsiatsiyasi va Alcgeymer jamiyati o'rtasidagi hamkorlik orqali demenciya haqida ogohlikni oshirish kampaniyasining bir qismi hisoblanadi.

"Futbolkalardagi yorqin ishora orqali muxlislarni butun mamlakat bo'ylab demenciya belgilari haqida o'ylashga majbur qilamiz" - dedi xayriya tashkiloti rahbari Keyt Li.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo