

“Kavani bilan xayrlashish juda katta xato bo'lgan bo'lardi. U jamoadagi yagona markaziy hujumchi. Unda noaniqliklar ko'p bo'lsada, u g'aroyib o'yin ko'rsatmoqda va gollar urmoqda. Parijliklar safida raqobat bo'lishi lozim. Kavani ajoyib hujumchi, agar uning harakatlari shubha ostiga olinadigan bo'lsa, u albatta boshqa kuchli klubga o'tib ketishi aniq. Agar PSJga qarshi maydonga tushadigan bo'lsa, albatta gol uradi. O'shanda parijliklar afsuslanishlari aniq.
PSJ tarkibida har bir chiziqda mahoratli futbolchilar jamlangan. Bunday tarkib bilan jamoa bemalol YCHLda g'olib chiqishi mumkin. Oxir oqibat ular bu maqsadlariga erishishadi ham. Yagona muammo – Fransiya chempionatida jamoaga raqobatchi klubning yo'qligi. Fransiyada chempion bo'lish yaxshi, ammo Yevropada nimagadir erishish uchun ular doim kuchliroq jamoalar bilan o'yin o'tkazishlari lozim. Umid qilamanki, yaqin vaqtda “Marsel” klubini kuchli biznesmen sotib oladi va o'shanda PSJga Fransiyada raqobat qiladigan jamoa paydo bo'ladi”, deya Anelkaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.



