Andrey Shevchenko shogirdlaridan mamnun

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2017, 01:12
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko JCH-2018 saralash bahslari doirasida Finlyandiya (2:1) ustidan qozonilgan g'alabaga izoh berdi.

-Mavsum yakuniga etgan shu bois ko'pchilikda charchoq alomatlari sezilib turdi. Yigitlarni shijoatlantirish muhim edi. Ular buni tushunishdi. O'yinga baho berish juda qiyin edi. Chunki maydonda haqiqiy jang kechdi.
Futbolchilarim o'z fel atvorlarini namoyish etishdi. Bu men uchun eng muhimi. Men ularni o'yin uchun emas, balki shu “jang”da raqibga munosib qarshilik ko'rsatganlari uchun tabrikladim. Bunday o'yinlarga darhaqiqat xarakter ko'rsatish lozim.

-Guruhdan chiqish uchun qancha ochko jamg'arish lozim, deb o'ylaysiz?

-Maksimum ochko. Dastlab ochkolarni yig'ib olaylik, keyin ularni hisoblaymiz, -dedi Shevchenko “Futbol 1” telekanali efiriga bergan intervyusida.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Terrikon