Andrey Miklyaev: "Javob o'yinida raqibdan yaxshiroq o'ynab chorak finalga chiqishga urinamiz"

Aslanov Jasurbek
18 may 2016, 09:04
"Al Hilol" va "Lokomotiv" o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev ishtirok etdi.
"Juda qiyin o'yin bo'ldi. Biz ijobiy natija qayd etish uchun bor kuchimiz bilan o'ynadik. O'z shogirdlarimga bugungi ko'rsatgan o'yinlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman".

"Al Hilol" bundan ham yaxshiroq o'ynab bizga katta bosim tashkil qilishini kutgandik. Biroq bunday bo'lmadi va bu biz uchun yaxshi. Ikkinchi bahsda raqibdan yaxshiroq o'ynashga va chorak finalga chiqish uchun borimizni beramiz", - deydi Andrey Miklyaev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia