Andre Villash-Boash: "Shunday ajoyib jamoa murabbiyi ekanligimdan baxtliman"

Omonjon To`xtamirzayev
17 sen 2014, 09:08
"Zenit" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Chempionlar Ligasi doirasidagi uchrashuvdan so'ng, o'z fikrlarini aytib o'tdi.

- "Zenit" - hozir guruhning eng kuchli jamoasi-mi?

- Baho berishga hali erta. Albatta, natija bizni qanoatlantiradi. Agarda keyingi o'yinni ham yutsak, undanda xursand bo'lamiz. Lekin, qaytaraman baho berishga hali bir oz erta.

Ammo ta'kidlabo'taman musobaqani g'alaba bilan boshlash, buning ustiga "Benfika"ni uning maydonida taslim qilish juda yaxshi natija.

- Siz qatorasiga uchinchi bor Jezushni mag'lub etdingiz. Buning siri nimada?

- Men shunday ajoyib jamoa murabbiyi ekanligimdan baxtliman. Jamoada yuqori darajadagi futbolchilar jam bo'lgan. Aynan shu menga qo'l keldi.

- Uchrashuvning hal qiluvchi vaziyati qaysi bo'ldi?
- Albatta, darvozabon chetlatilgandan so'ng bizga ancha oson bo'ldi. Tan olish kerak aynan shu chetlatish bizga qo'l keldi.

Hakamlik borasida nima deysiz?
- Ular ishonch bilan qaror qabul qilishdi, muhokamaga hojat yo'q, – dedi Villash-Boash.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru