"Andijon": To'lqin Mirzaevga javob berildi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2015, 10:56
“Andijon” jamoasini poytaxtda olib borayotgan ikkinchi yig'ini davom etmoqda.
Jamoamiz safiga ko'rikdan o'tish uchun yangi futbolchilar qo'shilishayotganini xabar qilib boryapmiz.

Kuni kecha jamoaga To'lqin Mirzaev taklif etilib mashg'ulotlarda qatnashayotgani to'g'risida ma'lumot bergandik. Ammo bu hujumchiga javob berildi. Uning harakatlari murabbiyga maqul kelmagan ko'rinadi. Shu kunlarda yana bir nechta futbolchilarning taqdiri hal bo'ladi. “Andijon”ning mazkur yig'ini 27 fevral kuni yakunlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz