"Andijon" fan-klubi ertadan tayyorgarlikni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2014, 13:22
"Burgutlar" fan-klubi ertaga "Sog'lom avlod" stadionida yig'ilish o'tkazadi.
Bu haqda Nodirbek To'ychiev "SA"ga xabar berdi.

Yig'ilishdan ko'zlangan maqsad, jamoaning bu yilgi ishtirokida futbolchilarni qizg'in qo'llab-quvvatlash va buning uchun qilinishi kerak bo'lgan bir qator masalalar muhokama etiladi. Fan-klub raisining aytishicha, bu yil yangi krichalka va turli xil atributkalar ham bo'ladi.  Shuningdek jamoa nomiga yangi qo'shiq yaratilgan. Muxlislardan qo'shiqni uchrashuv davomida aytib, futbolchilarni olqishlash talab etiladi.
To'ychievning aytishicha, fan-klubga a'zo bo'lish bepul. Ashaddiy ishqibozlarga bu yil ham 18-sektor ajratilgan.

Fan-klubga a'zo bo'lishni istaganlar, ertaga soat 15:00da "Sog'lom avlod" stadionida bo'lib o'tadigan yig'ilishga borib, o'zini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin. Yoki quyidagi raqamlarga murojaat qilinsa ham bo'ladi.

+99893 496 4441 - Muzaffar Ahmadjonov.
+99893 910 4030  Furqatbek Iminov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia