"Andijon"ning Yangiyerdagi yig'ini boshlandi, Xomyakov keldi, tarkibda yangi futbolchilar bor

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2020, 15:59
Avval xabar berib o'tganimizdek, bugundan e'tiboran “Andijon” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni Yangier shahrida boshladi.

Bugun tunda jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov Volgograd - Moskva - Toshkent yo'nalishi orqali mamlakatimizga uchib keldi va jamoaning Yangier shahridagi mashg'ulotlarini boshladi.

Jamoa tarkibiga yangi futbolchilardan - yakuniga etgan mavsumda Termizning “Surxon” jamoasida o'ynagan darvozabon Sardor Qobuljonov, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida o'ynagan darvozabon Aslon Axrorov, Farg'onaning “Istiqlol” jamoasi a'zosi Rustam Abdulhamidov kabi futbolchilar kelib qo'shildi.

Shuningdek, o'tgan mavsumda “Andijon” jamoasida o'ynagan Qahramon Bahodirov, Farhod Mirahmatov va Doniyor Ismoilovlar ham bugundan boshlangan mashg'ulotlarimizda ishtirok etishmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати