"Andijon" yo'qotishlar bilan Qarshiga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
23 sen 2016
Oliy liganing 23-turida "Andijon" klubi Muborakda "Mashal" mehmoni bo'ladi.

Andijon FK delegaciyasi bugun tong saharda Toshkent poezd vokzalidan Afrosiyob tez yurar poezdida Toshkent - Qarshi yo'nalishi bo'yicha Qarshi shahriga yetib keldi. Jamoamiz a'zolari Qarshi shahridagi Sarbon mehmonxonasiga kelib joylashdi.

Eslatib o'tamiz bugun yoshlar jamoamiz Muborak shahrida Mashal o'rinbosarlariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 16:30da boshlanadi.  Tushlikdan so'ng yoshlar jamoamiz Qarshidan Muborak tomon yo'lga chiqadi. Bugun yoshlar jamoamiz tarkibida himoyachi Shoxruh Ergashev maydonga tusha olmaydi. Boisi uning sariq kartochkalari soni 4taga etdi.

Afsuski Andijon asosiy tarkibida ham o'ziga yarasha jiddiy yo'qotishlar mavjud. Bu haqda keyinroq ma'lum qilamiz...

"Andijon" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia