

"Ma'lumot sifatida shuni aytmoqchimizki, bugun tarkibimizga yana bir futbolchi qo'shildi. 2021 yilgi mavsumda “Andijon” tarkibida to'p surgan iqtidorli himoyachi Sardor Xursandovni muxlislarimiz yaxshi eslashadi.
Ushbu himoyachi “Andijon” klubining Dukentdagi qarorgohiga yetib keldi. 2000 yilda tavallud topgan Xursandov bungacha “Bunyodkor” jamoasida faoliyat olib borgan", - deb yoziladi klub bayonotida.



