

Ilk marotaba vodiyliklar 2004 yil birinchi ligaga tushib ketgan edilar. Keyingisi 2012 yilga to'g'ri keladi. 2014 yil chempionatning so'nggi pog'onasidan joy olgan klub, 2015 yili oliy liga klublarining soni ikkitaga oshishi tufayli kuchlilar ligasida qolgandi.
Klub har safar birinchi ligada muvaffaqiyatli qatnashib, kuchlilar safiga qaytishning uddasidan chiqqan.



