"Andijon" tarixda ilk bor OCHL 2 da: tayyorgarlik, qur'a va uchrashuvlar sanasi

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2025, 19:47
"Andijon" futbol klubi 2025/26 yilgi mavsumda o'z tarixida ilk marotaba Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

Bu nafaqat klub, balki butun Andijon viloyati uchun katta sharaf va muvaffaqiyatli sanaladi.    

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Legionerlar bilan muzokaralar olib borilyapti, infratuzilma yaxshilanyapti. Jamoa to'p tepadigan "Bobur Arena" stadionida ham xalqaro o'yinlarga mos ravishda shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Xo'sh, "Andijon" kimlarga qarshi to'qnash kelish mumkin?

OCHL 2 guruh bosqichi qur'a orqali aniqlanadi. Andijonliklar katta ehtimol bilan Markaziy Osiyo yoki G'arbiy Osiyo jamoalari bilan raqobatlashadi. Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Xindiston, Eron, Iordaniya, Iroq, Turkmaniston kabi davlatlarining klublari bilan o'ynash ehtimoli mavjud.

Qur'a qachon?

OFK tomonidan rasman e'lon qilingan qur'a marosimi 2025 yilning 16 avgust sanasida Malayziya davlatida bo'lib o'tadi.

"Andijon" musobaqada 2-savatchadan o'rin egallagan. Quyida savatchadan o'rin olgan jamoalar bilan tanishishingiz mumkin:

1. "Istiqlol" (Eron)

2. "Andijon" (O'zbekiston)

3. Iroqning 2-o'rinni olgan jamoasi 

4. "Al Hussayn" (Iordaniya)

Qur'a natijalaridan so'ng "Andijon" uy-safar tizimida jami 6 ta o'yin o'tkazadi va guruhda 1–2-o'rinlarni egallagan jasoalar pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritib, keyingi bosqichiga chiqadi.


Guruh bosqichi o'yinlari sanasi:

1-tur: 16–18 sentyabr

2-tur: 30 sentyabr-2 oktyabr

3-tur: 21-23 oktyabr

4-tur: 4-6 noyabr

5-tur: 25-27 noyabr

6-tur: 10-11 dekabr


Nodirbek Abdullaev

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia