"Andijon" klubining yangi bazasi ishga tushirildi

Administrator
17 iyun 2025
Klubning yangi bazasi taqdimoti o'tkazildi.

“Andijon” futbol klubi uchun yangi tashkil etilgan mashg'ulotlar bazasi bugun foydalanishga topshirildi. 32 milliard so'mlik loyiha asosida barpo etilgan ushbu maskan Xo'jaobod tumanida joylashgan. Ochilish marosimida viloyat rahbari - Andijon futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shuhratbek Abdurahmonov, o'zbek futboli afsonasi Birodar Abdurayimov, sport sharhlovchilari Davron Fayziev, Hayrulla Hamidov, “Andijon” jamoasi a'zolari va murabbiylar shtabi, shuningdek, boshqa ko'plab fahriy mehmonlar ishtirok etdilar.




AdministratorMuallif
Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати