"Andijon": Ishqibozlar klubi uchun chiqarilgan futbolkalar sotuvda!

Narzulla Saydullayev
2 avg 2016, 10:31
Avval xabar berganimizdek, Andijon ishqibozlar klubi ikkinchi davra o'yinlari oldidan qizil rangda maxsus futbolkalarni joriy etdi.

Ertaga Sog'lom avlod stadionida Paxtakorga qarshi kechadigan uchrashuvda ushbu futbolkalarda jamoamizni qizg'in qo'llab-quvvatlashni istagan ashaddiy ishqibozlar sotib olishlari mumkin.

Futbolkalar Andijon shahrining eski shahar hududida joylashgan, Aloqa uyi ro'parisidagi maxsus savdo do'konida sotilmoqda.
Eslatib o'tamiz, futbolka xarid qilgan muxlislar 18-sektorning bepul chiptasiga ega bo'ladi.

Murojaat uchun telefon:
+99895 200 4441
+99893 415 1918

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcandijon.uz