

Albaniyalik Rubin Xebay "Andijon" bilan 2 yillik bitim tuzdi. Bu haqda andijonliklar rasmiy Telegram kanalida ma'lum qilindi.
24 yoshli Rubin Xebay bungacha Albaniya oliy ligasida “Teuta” klubi sharafini himoya qilgan bo'lib, 20 ta uchrashuvda 10 ta gol urgan.
Shuningdek, u Albaniya U-17, U-19 va U-21 terma jamoalarida ham faoliyat olib borgan.




