"Andijon" albaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Aslanov Jasurbek
16 fev 2023, 00:08
O'zbekistonda transfer oynasid yopilishiga bir necha daqiqa qolganida "Andijon" transfer amalga oshirdi.

Albaniyalik Rubin Xebay "Andijon" bilan 2 yillik bitim tuzdi. Bu haqda andijonliklar rasmiy Telegram kanalida ma'lum qilindi.

24 yoshli Rubin Xebay bungacha Albaniya oliy ligasida “Teuta” klubi sharafini himoya qilgan bo'lib, 20 ta uchrashuvda 10 ta gol urgan. 

Shuningdek, u Albaniya U-17, U-19 va U-21 terma jamoalarida ham faoliyat olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia