“Andijanka”dan yana bir yirik g'alaba

25 fev 2016, 17:36
Ayollar o'rtasida futzal bo'yicha 2-tur o'yinlarining navbatdagi uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Bugun Orif Mamatkazin boshqaruvidagi “Andijanka” jamoamiz “Jizzax” bilan kuch sinashdi. 

Bu safargi bellashuvda ham qizlarimiz yirik hisobda g'alaba qozondi. Endi ertaga jamoamiz “Paxtakor-W”ga qarshi bahs olib boradi. Eslatib o'tamiz andijonliklar musobaqa jadvalida 3-o'rinni band etib turibdi. 

“Andijanka” – “Jizzax” 5:0

Gollar: Oygul Yakubova, O'g'iloy Qo'chqorava (2ta), Ziyoda To'lanboeva (2ta).

“Andijanka”: Dilafruz Xodjaeva, Elena Lagutkina, Oygul Yaqubova, O'g'iloy Qo'chqorova, Rushana Safina, Ziyoda To'lanboeva, Ro'za Asqarova, Gulnora Davronova, Maftuna Jo'raeva, Mohira Jo'raboeva, Nazokat Mamatisaqova, Mariya Sobirova.


"Andijanka" FK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia