"Anderlext" ishqibozlari Vensan Kompanining iste'fosini talab qilishmoqda

Alisher
30 sen 2019, 18:03
"Anderlext" muxlislari jamoaning o'ynovchi murabbiyi Vensan Kompanining iste'fosini talab qilishmoqda.

Ular o'zlarining noroziliklarini bildirish va Kompanining iste'fosini talab qilish uchun stadion tashqarisida yig'ilishdi.

"Anderlext" klubi mavsum startida barcha turnirlarda 9ta o'yinning atigi 1tasida g'alaba qozonishdi.

Eslatib o'tamiz, Kompani "Anderlext" bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekkan edi.

Futbolchi 2004 yildan buyon Belgiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun