Torgan Azar "Anderlext"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2023
Futbolchi faoliyatini Belgiyada davom ettiradi.

"Anderlext" o'zining rasmiy sayti orqali Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Torgan Azar bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 3 yillik shartnoma imzolashdi.

Klublar kelishuv summasini oshkor qilishmadi. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, belgiyaliklar futbolchi uchun 4 million evro to'laydi.

Azar 2019 yildan beri Dortmundning "Borussiya"sida o'ynab kelmoqda. 30 yoshli xavbek o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida PSVda o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rsca.be