"Anderlext" 55 yillik ananani buzdi

Aslanov Jasurbek
20 may 2019, 10:50
"Anderlext" Belgiya chempionatining so'nggi turida "Gent"ga mag'lub bo'lib, joriy mavsumni 6-o'rinda yakunladi.

Yessa Torup qo'l ostidagi jamoa evrokuboklarga chiqa olmadi. Ma'lumotlarga ko'ra, Belgiyaning eng ko'p sovrin yutgan jamoasi 55 yilda birinchi marta bunday omadsizlikka uchradi. So'nggi marta "Anderlext" 1963-64 mavsumda evrokuboklarsiz qolgan edi.

Joriy mavsum Belgiya chempionatida "Genk" g'olib bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: GracenoteLive