

“Napoli” bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan Karlo Anchelotti Angliyada ish boshlashga yaqin turibdi. 60 yoshli mutaxassis bilan “Arsenal” aloqaga chiqishga ulgurgan. London klubi Emeri ketgandan keyin jamoani boshqarishni vaqtinchalik Freddi Yungbergga topshirgan. Biroq uchta o'yindagi natijalar (1 ta g'alaba, 1 ta durang va mag'lubiyat) “to'pchilar”ni yangi murabbiy izlashga majbur etgan. Anchelottining xizmatlariga “Everton” ham qiziqish bildirmoqda.



