Anchelottiga Braziliya terma jamoasidan taklif bo'lgani aniq bo'ldi

Administrator
26 mar 2023, 22:40
Bu haqida Braziliya futbolchi rahbari ma'lum qildi.

Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti Ednaldo Rodriges termaning aksariyat muxlislari va futbolchilari aynan Karlo Anchelottini murabbiy sifatida ko'rishni istaganlarini ma'lum qildi.

"Karlo Anchelottini barcha futbolchilar xurmat qilishadi. Nafaqat Ronaldo va Vinisius, balki uning qo'l ostida o'ynagan barcha o'yinchilar. 

Men Karlo Anchelottining xalolligi, ish uslubi va faoliyatidagi barqarorligiga qoyil qolganman. Uning natijalari yaxshi. Umid qilamanki, yanada yaxshiroq natijalar qayd etiladi. 

Anchelotti – nafaqat o'yinchilar, balki juda ko'p muxlislarning ham yoqimtoyi. Braziliyadagi barcha stadionlarda muxlislar aynan Anchelottini mendan so'rashardi. 

Hozircha esa munosib vaziyatni bo'lishini kutamiz. Ko'ramiz, biz bunga erisha olamizmi yoki yo'q. Hozircha esa Braziliya terma jamoasiga yangi murabbiy izlashni davom ettiramiz", -deydi Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti Ednaldo Rodriges. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Reuters