Anchelotti: "Yaxshi himoyalandik"

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022, 13:50
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'rtoqlik o'yinida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

Uchrashuv Las-Vegasdagi "Ellijiant" stadionida bo'lib o'tdi va undagi yagona golni Rafinya kiritdi.

"Himoyaning so'nggi qismida yaxshi harakat qildik, biroq sifat yetishmadi. 

Benzema? Karim - dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U yo'qligida albatta, bizga nimadir yetishmayotgandek bo'ladi", - dedi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionati 12 avgust kuni start oladi. "Ko'k-anorranglioar" 13 avgustda "Rayo Valekano"ga qarshi o'ynasa, Madrid klubi safarda "Almeriya"ni engishga harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca